19:00 / 21.07.2022
1 944

AQSH Ukrainaga g‘arb qiruvchi samolyotlari yetkazib berilishi mumkinligini bildirdi

AQSH Ukrainaga g‘arb qiruvchi samolyotlari yetkazib berilishi mumkinligini bildirdi
Foto: Reuters
Amerika rasmiylari Ukrainaga g‘arb harbiy aviatsiyasi yetkazib berilishini istisno qilmayapti. Bu haqda 20 avgust, chorshanba kuni Koloradodagi Aspen xavfsizlik forumida jurnalistlar savollariga javob berar ekan, AQSH harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i general Charlz Braun aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, gap AQSHdan ham, boshqa G‘arb davlatlaridan ham samolyotlar haqida ketmoqda.

Braunning so‘zlariga ko‘ra, avvalo ukrainaliklar aynan nimaga umid qilayotganini tushunish kerak. So‘ngra, dedi general, nafaqat AQSHning, balki Ukraina xavfsizligini ta’minlashdan manfaatdor bo‘lishi mumkin bo‘lgan ittifoqchi va hamkorlarining imkoniyatlarini o‘rganish zarur. Amerika texnikasidan tashqari, Shvetsiyaning JAS 39 Gripen, Fransiyaning Rafale va Yevropaning Eurofighter qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish mumkin, deb hisoblaydi shtab rahbari. Shu bilan birga, u Ukraina qancha qiruvchi samolyotlarni qabul qilishi mumkinligini hozircha aniqlay olmasligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Braun sovet qiruvchi samolyotlari haqida hech qanday gap yo‘qligini ta’kidladi, chunki ular uchun ehtiyot qismlarni olish qiyinroq. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetkazib berishlar orasida Rossiyada ishlab chiqarilgan uskunalar aniq bo‘lmaydi. General, shuningdek, AQSH va boshqa bir qator g‘arb davlatlari ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash imkoniyatlarini o‘rganayotganini aytdi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bir necha bor g‘arb davlatlariga harbiy samolyotlar yetkazib berishni so‘rab murojaat qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Ukrainaga g‘arb qiruvchi samolyotlari yetkazib berilishi mumkinligini bildirdi