
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyani Qorabog‘dagi tinchlik kelishuvlari kafolatlarini buzganlikda aybladi.
Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston o‘t ochishni to‘xtatish deklaratsiyasida nazarda tutilgan Qorabog‘ hududidan haligacha o‘z qo‘shinlarini olib chiqmagan va Rossiya tinchlikparvar kuchlari buni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Bir necha oy oldin RF Mudofaa vazirligining yuqori mansabdor shaxslari Ozarbayjonda bo‘lganlarida, ular Ozarbayjon Mudofaa vazirligiga iyun oyigacha arman harbiylari Qorabog‘ni tark etishini va’da qilishgan edi. Hozir iyul oyining o‘rtalari bo‘lsada, ammo bu masala hal qilinmagan.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Aliyevning bayonotlariga hozircha izoh bermadi.
2020 yil kuzida Qorabog‘da bo‘lib o‘tgan urush natijasida Ozarbayjon mintaqaning qariyb yarmi ustidan nazorat o‘rnatgan, qolganlarida esa Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirilgan. Armaniston o‘z qo‘shinlarini u yerdan olib chiqishiga kelishilgan edi.
O‘shandan beri rasmiy Boku muntazam ravishda arman tomonini qo‘shinlarni olib chiqish haqidagi kelishuvni buzganlikda ayblab keladi. Yerevan esa Qorabog‘dan barcha muntazam bo‘linmalar olib chiqib ketilgani va u yerda faqat mahalliy “o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari” joylashganini ta’kidlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar