Kiyev rejimi navbatdagi provokatsiyani uyushtirib, Slavyansk yog‘-moy zavodida 120 tonnadan ortiq geksanni portlatib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda dushanba kuni Rossiya Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari, general-polkovnik Mixail Mizinsev ma’lum qildi.
U Slavyansk aholisini Kiyev kuchli zaharli moddalar yordamida provokatsiya tayyorlashni yakunlagani haqida ogohlantirdi.
“Yaqin kunlarda Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari yog‘-moy zavodida umumiy hajmi 120 tonnadan ortiq bo‘lgan kimyoviy xavfli modda - geksan bilan konteynerlarni portlatishni rejalashtirmoqda”, - dedi Mizinsev.
Rossiya Mudofaa vazirligi Slavyansk aholisiga o‘zlarini zaharli moddalardan himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishni tavsiya qiladi.
“Biz Slavyansk va unga yaqin aholi punktlari aholisiga zudlik bilan zaruriy himoya choralarini ko‘rishni tavsiya qilamiz. Bu provokatsiyadan maqsad, allaqachon ishlab chiqilgan ssenariyga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari va Donetsk Xalq Respublikasi tuzilmalarini potensial xavfli ob’ektlarga zarbalar berishda ayblash, keyin esa buni Ukraina va G‘arb ommaviy axborot vositalarida keng yoritishdir”, - dedi Mizinsev.
“Geksanli konteynerlarning portlashi natijasida zaharli bulut hosil bo‘ladi, u 10 km dan ortiq masofaga tarqaladi. Slavyanskning barcha turar-joylari va unga yaqin aholi punktlari kimyoviy zarar zonasida bo‘ladi”, - dedi u.
Rossiya Mudofaa vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rasmiylarining bunday harakatlarining o‘ziga xos hayosizligi shundan iboratki, ular jinoiy maqsadlarga erishish uchun Slavyanskda yashovchi o‘n minglab o‘z fuqarolarini, shuningdek, Ukraina qurolli tuzilmalarining harbiy xizmatchilarini qurbon qilishga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»