21:53 / 16.08.2022
1 430

Eronda qo‘lga olingan shved josusiga tegishli maxsus hujjatlar topildi

Eronda qo‘lga olingan shved josusiga tegishli maxsus hujjatlar topildi
U 30 iyul kuni Eron razvedka vazirligi tomonidan josuslikda ayblanib, hibsga olingandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi anchadan buyon Eronga shubhali tashriflari tufayli maxsus xizmatlar nazoratida bo‘lgan.

U shubhali odamlar bilan gaplashgan va turistlar borishi mumkin bo‘lmagan shaharlarga, shuningdek, Eronga tashrifidan oldin Isroil tomonidan bosib olingan Falastin shaharlariga borgan. Uning ism-sharifi va boshqa ma’lumotlar ochiqlanmagan.

Shvetsiya tashqi ishlar vazirligi bu vaziyatdan xabardorligi va bu ish bilan anchadan buyon shug‘ullanayotganini ma’lum qilgandi.

Shvetsiya fuqarosining qo‘lga olingani to‘g‘risida dastlabki xabarlar may oyida tarqalgan. Ammo iyul oyi oxirigacha bu bo‘yicha rasman ma’lumotlar berilmagandi.

Eron rasmiy agentligi IRNA xabariga ko‘ra, sud matbuot kotibi Mas’ud Setayeshi seshanba kuni hibsga olingan shved josusidan maxsus hujjatlar topilganini aytdi.

«Hozirgacha undan maxsus hujjatlar oldik. Ish bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Unga boshqa ayblovlar ham qo‘yilishi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda qo‘lga olingan shved josusiga tegishli maxsus hujjatlar topildi