Xorijlik sayyohlar uchun Tailandda vizasiz qolish muddati joriy yilning oktabr oyidan boshlab 30 kundan 45 kungacha oshiriladi. Bu haqda Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) ushbu mamlakat hukumati qaroriga tayanib xabar berdi.
«Tailand hukumati mamlakatning turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Tailand turizm boshqarmasi va turoperatorlarning chet ellik sayyohlar uchun vizasiz qolish muddatini oshirish bo‘yicha taklifini ma’qulladi. Hukumat qaroriga ko‘ra, 19 avgustda qabul qilingan joriy 30 kundan 45 kungacha vizasiz kirish muddatining uzaytirilishi 2022 yil 1 oktabrdan 2023 yil 31 martgacha amal qiladi», – deyiladi xabarda.
Qirollikka vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan davlatlar fuqarolari mamlakatda bo‘lish muddati 30 kundan 45 kunga, kelishi bilan viza oladigan davlatlar, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun esa – 15 dan 30 kungacha uzaytirildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin