10:33 / 27.08.2022
1 195

Janubiy Koreya Polshaga 400 taga yaqin tank va gaubitsa yetkazib beradi

Janubiy Koreya Polshaga 400 taga yaqin tank va gaubitsa yetkazib beradi
Foto: Pixabay
Polsha Janubiy Koreya bilan qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha bir necha milliard yevrolik shartnoma imzoladi – texnikaning birinchi partiyalari mamlakatga yil oxirigacha yetib keladi.

Janubiy Koreya Polshaga tank va gaubitsalarning asosiy yetkazib beruvchisiga aylanadi – mamlakatlar kamida 400 dona texnika yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Dpa agentligining 26 avgust, juma kuni Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchakdan iqtibos keltirishicha, yetkazib berish 2022 yil oxirigacha boshlanadi.

Birinchi partiyalarga Janubiy Koreyaning o‘nta K2 Black Panther («Qora Pantera») tanki, shuningdek, 24 ta K9 Thunder o‘ziyurar gaubitsalari kiradi. Umuman olganda, Polsha kelishuv doirasida Janubiy Koreya tomoni 2025 yilgacha taqdim etishi kerak bo‘lgan 180 ta tank va 212 ta gaubitsa hamda ular uchun o‘q-dorilar sotib oladi.

Vazir kelishuv summasi haqida batafsil ma’lumot bermadi, biroq dpa manbalariga ko‘ra, u bir necha milliard yevrodan oshadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Janubiy Koreyadan 1000 dan ortiq tank, gaubitsa va samolyot sotib olish niyatida ekani xabar qilingandi.

Avgust oyi boshida Blashchak yana bir bor Rossiyaning xalqaro maydondagi harakatlari munosabati bilan Polsha NATOga a’zo Yevropa davlatlari orasida «eng katta quruqlikdagi armiya»ni yaratish niyatida ekanligini va u «tajovuzkorni qo‘rqitadigan darajada kuchli va ko‘p sonli bo‘lishi kerak»ligini yana bir bor ta’kidladi.

Polsha Ukrainaga qurol-yarog‘ning «aylanma yetkazib berish» masalasidagi bahsli vaziyatlar tufayli Janubiy Koreyadan qurol sotib olishni muhokama qila boshladi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, Polsha mamlakatga T-72 tanklari, BMP-1 zirhli transportyorlari, shuningdek, Polsha Qurolli kuchlari zaxirasida bo‘lgan ko‘plab raketa tizimlari va «Dana» o‘ziyurar gaubitsalarini topshirdi, buning evaziga u Germaniyadan qurol olishi kerak edi.

Biroq, nemis qurollarini yetkazib berishda sezilarli kamchiliklar mavjud bo‘lib, bu Germaniya hukumatining Polsha siyosatchilari tomonidan ochiq qoralanishiga olib keldi. Bunga javoban Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok mamlakat rasmiylari Polshaga «boshqa yo‘l bilan faol yordam» ko‘rsatishni o‘rganishini aytdi.

Janubiy Koreya uskunalari Norvegiyadan Misr va Avstraliyagacha bo‘lgan dunyoning o‘ndan ortiq mamlakatlarida xizmat ko‘rsatmoqda. Janubiy Koreyada raqobatchilarga nisbatan asosiy afzalliklardan biri bu - narx. Masalan, KAI T-50 qiruvchi samolyotining narxi (FA-50’ning boshqa nomi) ommaviy xaridlarda taxminan 30 million dollarni tashkil etadi, bu Amerikaning F-35 narxidan ancha arzon (asosiy konfiguratsiyada kamida 77 million dollar).

Shuningdek, xorijiy davlatlar Janubiy Koreya harbiy texnikasini ishonchli va texnologik jihatdan ilg‘or deb biladi – bu ishlab chiquvchilarning nufuzi, yadroviy qurolga ega bo‘lgan Shimoliy Koreyaning hududiy jihatdan yaqinligi bilan ham bog‘liq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya Polshaga 400 taga yaqin tank va gaubitsa yetkazib beradi