
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 29 avgust, dushanba kuni yo‘llagan videomurojaatida rossiyalik askarlarga murojaat qildi.
«Agar omon qolishni istasa, Rossiya armiyasi qochishi kerak», dedi Ukraina rahbari.
«Uyingizga boring, — dedi prezident, — agar vataningizga qaytishga qo‘rqsangiz, taslim bo‘ling».
«Ukraina o‘z yerlarini qaytarmoqda va qaytaradi - Xarkov viloyati, Lugansk viloyati, Donetsk viloyati, Zaporoje, Xerson, Qrim va, albatta, bizning Qora va Azov dengizlarining Serpantindan Kerch bo‘g‘ozigacha bo‘lgan butun suv zonasi. Bu bizniki. Jamiyatimiz buni tushunganidek, men ham bosqinchilar buni tushunishlarini istayman.
Ukraina tuprog‘ida ularga joy bo‘lmaydi», — dedi Zelenskiy. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar