
15-16 sentabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) sammitida Eron rasmiy ishtirokchi maqomini oldi. Bu haqda dushanba kuni mamlakat tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kan’oniy ma’lum qildi.
“Eronning rasmiy a’zo sifatida kirish jarayoni yakunlanmoqda va tashkilotning bo‘lajak sammitida Eron Islom Respublikasining Shanxay tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish bo‘yicha majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum rasman imzolanadi", - degan Kan’oniy.
Eronni SHHTga qabul qilish va Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish tartibi 2021 yil sentabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida boshlangan edi.
Hozirda tashkilotga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo. Kuzatuvchi davlatlar - Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar