15:21 / 13.09.2022
1 325

Olmaotada poyezd 123 bosh qo‘yni bosib ketdi

Olmaotada poyezd 123 bosh qo‘yni bosib ketdi
Kecha tunda soat 01;24 da Qozog‘istonning Olmaota viloyatida yuk poyezdi 123 bosh qo‘yni urib yubordi. Bu haqda Kazinfrom xabar berdi.

«Joriy yilning 12 sentabr kuni soat 01:24 da Olmaota viloyatining Jetigen-Kurozek uchastkasida yuk poyezdi mashinisti qo‘ylar podasini temir yo‘ldan kesib o‘tayotganini payqab, to‘qnashuvning oldini olishga urinib, shoshilinch tormozni bosgan. To‘qnashuvning oldi olinmadi, 530 bosh qo‘ydan 123 boshi nobud bo‘lgan. Poyezd 13 daqiqa to‘xtagan», – deydi transport politsiyasi bo‘limi boshlig‘i O‘nal Bekiyev.

Voqea joyiga Oltinko‘l stansiyasi chiziqli ichki ishlar bo‘limi xodimlari jo‘nab ketgan. Ushbu hayvonlarning egasi Olmaota viloyati Tuganbay qishlog‘ida yashovchi 36 yoshli fuqaroga tegishli ekanligi aniqlangan.

«Erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 559 moddasi 1-qismi Temir yo‘l yo‘lagida chorva mollarini o‘tlatish qoidalarini buzishʼ bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi», – deya xulosa qilgan Bekiyev.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo