17:28 / 26.09.2022
3 743

«Mayli, qochaverishsin». Lukashenko Putin bilan uchrashuvda Rossiyadagi safarbarlik haqida gapirdi

«Mayli, qochaverishsin». Lukashenko Putin bilan uchrashuvda Rossiyadagi safarbarlik haqida gapirdi
Foto: Getty Images
26 sentyabr kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaga kelib, Vladimir Putin bilan uchrashdi. U rossiyalik hamkasbi bilan Rossiyada e’lon qilingan qisman safarbarlik to‘g‘risida ham gaplashdi.

«U yerdagilar bizni safarbarlik bilan qo‘rqitadi, bu yerda kimdir xorijga qochadi... ammo, meni eshiting: Rossiyada 25 millionlik safarbarlik resursi mavjud. Mayli, yaxshi: ketishsa ketishsin - aytaylik, 30 ming, mayli 50 ming kishi. Ammo ular bu yerda qolishganida, biznikilar bo‘la olisharmidi? Mayli, qochsa qochaversin», degan Lukashenko.

Uchrashuvdan kadrlar «Rossiya-24» telekanalida namoyish etilgan.

«Bu borada qanday fikrda ekaningizni bilmayman, men esa ortiqcha xavotirlanganim yo‘q. 2020 yilda [Belarusdan] bir necha ming kishi ketgan: ular keyin qaytarishni so‘rashdi. Ko‘pchiligi shunday qildi: ortga qaytaring deyishdi.

Va bular ham - qaytadi. <…> Ular bilan nima qilish borasida bir qarorga kelish kerak. Yoki mayli ortga qaytishsin, yoki o‘sha yerda tekin non bilan boqishsin
», - dedi Lukashenko.

Vladimir Putin 21 sentyabr kuni Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qildi. 25 sentyabr kuni Rossiyaning «Novaya gazeta. Yevropa» muxolifat nashri Rossiya prezidenti ma’muriyatidagi manbasiga tayanib, safarbarlik boshlanganidan buyon 261 ming nafar erkak Rossiyani tark etgani haqida xabar berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi va FXX prezidentni chegaralarni yopishga ko‘ndirmoqchi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo