10:57 / 27.09.2022
1 268

Qozog‘istonda alkogol va tamaki sotilmaydigan qishloqda bir yildan buyon jinoyatchilik sodir etilmadi

Qozog‘istonda alkogol va tamaki sotilmaydigan qishloqda bir yildan buyon jinoyatchilik sodir etilmadi
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yil boshidan buyon umuman jinoyatchilik va oxirgi besh yilda umuman ajrimlar qayd etilmagan qishloq bor. Olmali qishlog‘ida oxirgi olti yilda umuman alkogol va tamaki mahsulotlari sotilmaydi.

Natijada qishloqda hayot yaxshi tomonga o‘zgardi: o‘g‘rilik holatlari butunlay barham topgan, mingdan ortiq inson o‘z uyida xotirjam uxlaydi.

Olmalidagi politsiya inspektorlari Ilyos Jabayev, Muhit Jumabekov va Saparxon Kaipovning hissasi bunda katta. Ular qishloqda qonun ustuvorligini ta’minlashda fidoyilik ko‘rsatgan. Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, ular har kuni qishloq odamlari bilan suhbatlashadi va ularning muammolarini o‘rganadi.

Bundan oldin Sharqiy Qozog‘iston viloyatidagi Ulan tumanida joylashgan Janao‘zak qishlog‘i aholisi ham alkogol va tamaki mahsulotlaridan voz kechgandi. Bu fikr bir necha yil oldin oqsoqollar tomonidan ilgari surilgan.

Shu kabi qishloqlar qo‘shni Qirg‘izistonga ham bor. Masalan, 2015 yildan buyon Chuy viloyatidagi Besh-Qo‘ruq qishlog‘ida spirtli ichimliklar savdosi taqiqlangan. Norin viloyatidagi Komsomol qishlog‘ida esa alkogol mahsulotlarini nafaqat sotish, balki iste’mol qilish ham taqiqlangan. Bundan tashqari, O‘sh atrofidagi 13 qishloqda ham alkogol savdosi taqiqlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo