
Foto: Reuters
Buyuk Britaniyada transport xodimlarining ish tashlashi oqibatida butun mamlakat bo‘yicha poyezdlarning qariyb 90 foizi to‘xtadi, deb xabar berdi AFP agentligi.
The Guardian gazetasi 1 oktabr kuni boshlangan ish tashlashni oxirgi o‘n yillikdagi eng yirik ish tashlash deb atadi – unda temiryo‘l, dengiz va boshqa turdagi transport sohasida ishlaydigan 50 ming nafar xodim qatnashmoqda.
Mamlakatda reyslarning 11 foizga yaqini ishlaydi va Londondan Birmingem, Manchester, Edinburg, Liverpul, Nyukasl, Brayton va Norvich kabi yirik shaharlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri poyezdlar bo‘lmaydi. Alohida kasaba uyushmalarining ish tashlashlari 5 oktabr va 8 oktabr kunlari qayta o‘tkazilishi kutilmoqda.
Xodimlar oylik maoshlari inflyatsiya o‘sishiga muvofiq oshirilishini talab qilishmoqda. Hukumat bilan o‘tkazilgan muzokaralarga qaramasdan, kasaba uyushmalari kelishuvga erisha olmadi, deb yozadi The Financial Times.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar