00:25 / 08.10.2022
1 095

Neft narxi oshishi jahon iqtisodiga qanchalik xavf soladi?

Neft narxi oshishi jahon iqtisodiga qanchalik xavf soladi?
Vloomberg agentligi OPЕK+ning neft qazib olishni kuniga 2 million barrelga qisqartirish qarori jahon iqtisodiyoti uchun xavf tug‘dirishidan ogohlantirib “Saudiya-Rossiya neft kelishuvi”ning shakllanishini qayd etgan.

Hisobotda aytilishicha, OPЕK+ning so‘nggi harakati “Qayta ishlanmagan neft narxini past darajada ushlab turishi kerak bo‘lgan jahon iqtisodiyotiga hujum sifatida qaralishi kerak. OPЕK+ ittifoqi Ar-Riyoz va Moskva o‘rtasidagi energetika geosiyosatini qayta shakllantirayotgan ittifoqqa aylandi va bu energiya xavfsizligi kelajagi uchun xavfli”.

Ta’kidlanganidek, "Ehtimol, bu shunchaki biznesdir. Neft narxi Moskvaga ham, Ar-Riyozga ham mos keladi. Lekin ayni paytda u siyosatga ko‘proq o‘xshaydi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari zamonaviy energetika tarixida birinchi marta Vashington, London, Parij va Berlin OPЕK+ guruhi fonida bir ittifoqda emasligiga e’tibor qaratishlari kerak”.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, "Qo‘shma Shtatlardagi oraliq saylovlar oldidan 4 hafta ichida Vashingtonda ko‘pchilik neft qazib olishning kutilmagan darajada katta qisqartirilishini Jo Baydenga shaxsiy hujum sifatida qaradi, chunki ishlab chiqarishni qisqartirish inflyatsiyani yuqori darajada ushlab turishda davom etadi".

5 oktabr kuni Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPЕK) a’zolari va ularning OPЕK+ alyansidagi hamkorlari xomashyo qazib olish kvotalari miqdorini sezilarli darajada qisqartirishga kelishib oldi. Rossiya boshchiligidagi 13 davlat va 10 ittifoqdoshini o‘z ichiga olgan tashkilotga ko‘ra, Venada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ishlab chiqarishni kuniga 2 million barrelga qisqartirishga qaror qilingan.

Qaror neft narxini pasaytirish va giperinflyatsiyani jilovlash uchun so‘nggi oylarda energiya manbasini ishlab chiqarishni ko‘paytirishga intilayotgan Oq uyni g‘azablantirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Neft narxi oshishi jahon iqtisodiga qanchalik xavf soladi?