20:03 / 12.10.2022
1 388

Rossiyadan qochish: safarbarlik qo‘shni mamlakatlardagi mehnat bozoriga qanday ta’sir qildi?

Rossiyadan qochish: safarbarlik qo‘shni mamlakatlardagi mehnat bozoriga qanday ta’sir qildi?
Mamlakat fuqarolari ish izlagan kuchli uchtalikda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Gruziya bor.

Rossiyada e’lon qilingan qisman safarbarlikdan keyin rossiyaliklar xorijiy mehnat bozorlarida faol tarzda ish izlagan, deb yozdi «Forbes» nashri «HeadHunter» rekruting platformasi tadqiqotiga tayanib.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilning 21 sentyabridan 5 oktabrigacha Rossiya fuqaroligi bilan belgilangan faol rezyumelarning bir oy davomida eng katta (65%) o‘sishi Qozog‘istonda kuzatilgan.

Gruziyada arizalarning soni 48% ga ortgan. Kuchli uchlikni O‘zbekiston yakunlab, ruslarning rezyumelari 47% dan ko‘proqni tashkil etgan.

Ko‘pincha ular qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari, investitsiya va konsalting sohalarida, shuningdek, fitness va go‘zallik salonlari toifasida ish qidirgan.

«Bu mamlakatlarda bo‘sh ish o‘rinlarining o‘sish dinamikasi o‘tgan oyning shu davriga nisbatan anchagina kamtarona — 10 % ichida bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Lekin Ozarbayjon va O‘zbekistonda istisno tariqasida ish takliflari avgust oyiga nisbatan mos ravishda 14% va 28 % ga oshgan.

Deyarli hamma joyda, birinchi navbatda, IT-mutaxassislariga talab ortib bormoqda. Ammo bo‘sh ish o‘rinlari kamroq bo‘lgan sohalar ham mavjud.

Fitnes va go‘zallik salonlari, tibbiyot va farmatsevtika, xomashyo, xaridlar, moliya va buxgalteriya hisobi, shular jumlasidan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo