
Har bir muvaffaqiyatga erishgan insonlar ortida nafaqat bilim va mehnat, balki odatlar ham turadi. Albatta, bu Ilon Maskning odatini takrorlash sizni milliarderga aylantiradi, degani emas, lekin buni namuna sifatida koʻrsatish samaradorlikka yordam berishi mumkin. Foydali odatlarni shakllantirish uchun oʻrtacha ikki oy kerak boʻladi va buning uchun, albatta, sabr talab etiladi, deb yozadi People Talk.
Faqat kerakli narsalarni sotib oling — Stiv Jobs

Foto: People Talk
Badavlat odamlar pulni usiz ham amalga oshirish mumkin boʻlgan narsalarga sarflamaslikka harakat qiladi. Har doim qora sviter va koʻk djinsi shim kiygan Stiv Jobsni yoki har kuni bir xil kul rang futbolka kiyib yuradigan Mark Sukerbergni misol qilish mumkin. Boy odamlar aslida tejamkor, shuning uchun sotuvchilarning hiylalari ularga ish bermaydi.
Filmdan koʻra kitobni tanlang — Mark Sukerberg

Foto: People Talk
Kechqurun kino yoki serial tomosha qilish, albatta, yaxshi, lekin mutolaa undan ham afzalroq. Kitoblar filmlardan farqli oʻlaroq, tasvirlarga emas, balki ma'nolarga e'tibor beradi. Masalan, Bill Geyts bolaligidan kitob oʻqishni yaxshi koʻradi va har yili oʻzining sevimli kitoblari roʻyxatini tuzadi. Masalan, 2021 yilgi roʻyxatga Jeff Xokinsning miyaning ishlashi va sun'iy intellekt haqidagi «Mingta miya: yangi intellekt nazariyasi» kitobi kiritilgan.
Kuningizni rejalashtiring — Bill Geyts

Foto: People Talk
Bu barcha uchun kerak boʻlgan odatiy vaqtni boshqarishdir. Ertalab yoki kechqurun ertangi kun uchun qilinadigan ishlar roʻyxatini rejalashtirilsa va yozilsa, bu yanada samarali boʻladi. Rejadagi barcha ishni amalga oshirishga vaqt etmasligi mumkin, lekin, albatta, ragʻbat boʻladi.
Byudjetni kuzatib boring — Ilon Mask

Foto: People Talk
Bu faqat kerakli narsalarni sotib olish haqidagi birinchi bosqich bilan bogʻliq. Bu odatni qanday bajarish kerak? Byudjetni kuzatib borish va xarajatlarni tahlil qilish tavsiya etiladi. Badavlat odamlar har doim oʻz daromadi va xarajatlarini nazorat qiladi.
Har qanday daromadning 10 foizini yigʻib qoʻying — Jeff Bezos

Foto: People Talk
Bu ham investitsiya qoidalaridan biridir. Har bir daromadning 10 foizini olib qoʻyish orqali nafaqat pulni tejash, balki oʻzingiz uchun moliyaviy xavfsizlik savatini yaratish mumkin. Bunday zaxira kutilmagan inqiroz, ish joyini yoʻqotish yoki rejalashtirilmagan xarajatlar uchun kerak boʻladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!