16:44 / 20.10.2022
1 483

Ukrainadagi urushning 238-kuni: Donetskda jang qilayotgan harbiylar, Xarkovda «urush-urush» o‘ynayotgan bolalar (foto)

Ukrainadagi urushning 238-kuni: Donetskda jang qilayotgan harbiylar, Xarkovda «urush-urush» o‘ynayotgan bolalar (foto)
19 oktabr kuni Vladimir Putin Ukrainaning anneksiya qilingan hududlarida harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Rossiyaning chegara regionlarida esa alohida rejim joriy etiladi va unga ko‘ra mahalliy rasmiylar komendatlik soati e’lon qilish, hududga kirish va chiqishda cheklovlar o‘rnatish, shuningdek aholini evakuatsiya qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati vakillari Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujum boshlaganini ma’lum qilishdi: oblastning rossiyaparast rasmiylari Dneprning chap sohiliga ko‘chib o‘tmoqda, mahalliy aholi ham ketishga chaqirilmoqda. Ukraina katta yurish haqidagi xabarlarni izohlamadi. Ukraina xalqi va prezident Volodimir Zelenskiy Andrey Saxarov nomidagi «Fikr erkinligi uchun» mukofotiga loyiq ko‘rildi — bu Yevroittifoqning inson huquqlari sohasidagi bosh mukofotidir.

Quyida 19 oktabr, urushning 238-kunida Ukraina va Rossiyada olingan asosiy suratlar.

Putin Ukrainaning bosib olingan hududlarda harbiy holat e’lon qildi

Putin Ukrainaning RF tarkibiga qo‘shib olingan to‘rt hududi — Zaporijjya, Xerson, «DXR» va «LXR»da harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Farmonga ko‘ra, anneksya qilingan regionlarda «hududiy mudofaa qismlari» tashkil etiladi, RFning yana sakkiz regionida «javob qaytarishning o‘rta darajasi» joriy etiladi, Markaziy va Janubiy federal okruglarda — «yuqori darajadagi tayyorgarlik darajasi», RFning qolgan sub’ektlarida — «bazaviy tayyorgarlik darajasi» amal qiladi.
Sergey Ilin / AP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida Ukraina artilleriyasi

Ukrain harbiylari Donetsk oblastidagi pozitsiyada RF hujumiga javoban polshaliklarning Krab rusumli 155-millimetr kalibrli gusenitsali o‘ziyurar artilleriya qurilmasidan o‘t ochmoqda. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati baholariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Donetsk yo‘nalishida faol ravishda o‘t ochishni davom ettirmoqda. Marinskaya va Avdeyevka zarba ostida. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Dimitar DILKOFF / AFP


Ukrain harbiylari polshaliklarning Krab rusumli artilleriya qurilmasi ichida.
Dimitar DILKOFF / AFP


Donetsk oblastidagi front chizig‘ida dam olish vaqtidagi ukrain harbiysi
Dimitar DILKOFF / AFP


Polsha tomonidan Ukraina qurolli kuchlari ixtiyoriga berilgan Krab rusumli o‘ziyurar artilleriya qurilmasi
Dimitar DILKOFF / AFP


Donetsk oblastidagi front chizig‘idagi o‘rmon ichida polshaliklarning Krab rusumli artilleriya qurilmasi.
Dimitar DILKOFF / AFP

Ukrainaning ozod etilgan hududlaridagi bolalar

Ukraina bayrog‘i ilingan daraxtda o‘ynayotgan bolalar, Xarkiv oblastining Dubovoye qishlog‘i
Carl Court / Getty Images


«Ukraina qurolli kuchlari uchun kofe, chay» yozuvlari tushirilgan tablichka ko‘targan bolakay, Dubovoye qishlog‘i yaqinidagi yo‘l bo‘yida
Carl Court / Getty Images


Dubovoye qishlog‘ida tayoqni granatomyot sifatida yelkasiga qo‘yib olgan bola do‘sti bilan kassetali o‘q-dori qoldig‘i atrofida o‘ynamoqda
Carl Court / Getty Images


Donetsk oblasti Shestakovka qishlog‘ida sovetlarning Su-15 qiruvchisi nusxasi oldidagi turnikka osilayotgan bolalar
Carl Court / Getty Images

Urushning sakkiz oyida Kiyev qanday o‘zgardi?

Dneprga qarab turgan yoshlar
Ed Ram / Getty Images


17 oktabr kuni rossiyaliklar droni kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan uy. O‘sha kuni jami to‘rt kishi, jumladan bir nafar homilador ayol ham halok bo‘ldi
Ed Ram / Getty Images


10 oktabr kuni Ukraina hududi yoppasiga o‘qqa tutilishi oqibatida Taras Shevchenko parki yaqinidagi bino ham shikastlangan. O‘sha kuni rossiyalik harbiylar Kiyev va Ukrainaning boshqa ko‘plab shaharlariga hujum qilishdi. Hukumat mamlakat bo‘ylab 20 kishi halok bo‘lgani va 100 nafarga yaqin kishi yaralanganini ma’lum qilgan. Kiyevda besh kishi halok bo‘lib, 50 dan ortiq kishi tan jarohatlari olgan.
Ed Ram / Getty Images


Mariupol mudofaasida halok bo‘lgan «Azov» polki jangchilari xotirasiga Sofiya maydonida tashkil etilgan ko‘rgazma.
Ed Ram / Getty Images


Rossiyaliklarning 10 oktabr kungi zarbalaridan shikastlangan 101 Tower biznes-markazi ko‘rinishi.
Ed Ram / Getty Images


Kiyevdagi maydonlardan birida ko‘cha musiqachilari. 19 oktabrdan Kiyevda elektr energiyasini tejash boshlandi. 20 oktabr kuni butun Ukraina bo‘ylab elektr energiyasi uzatishda vaqtincha cheklovlar kuzatilmoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Россия ва Украина уруши

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainadagi urushning 238-kuni: Donetskda jang qilayotgan harbiylar, Xarkovda «urush-urush» o‘ynayotgan bolalar (foto)