
Fransiya hukumati Suriyaga borish niyatida bo‘lgan 6 fuqarosining pasportini musodara qildi. Bu haqda fransuz huquqni muhofaza qilish organlariga asoslanib, Agence France-Presse xabar bermoqda.
Bu shaxslar siyosiy ziddiyatlar yuz berib turgan xavfli Suriya hududiga sayohat uchun otlangani aniqlanganidan keyin, shu qarorga kelingan.
Pasportlarni musodara qilish holati Parijda joriy qilingan “terrorizmga qarshi kurash” tadbirlari doirasida amalga oshirilgan.
Biroz oldinroq, Fransiya Fors ko‘rfazi hududidagi aviabazasi orqali IShID kuchlariga zarba berish harakatlariga qo‘shilishi ma’lum qilingan edi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar