
Filippin xukmati amaldagi prezident Benigno Akinoni kuch ishlatish yo‘li bilan iste’foga chiqarishga va muvaqqat xukumatni tashkil etishga harakat qilayotganlar uchun qonun muqarrar ekanligini ta’kidladi. Bu haqda 7 ming oroldan iborat mamlakatning adliya vaziri Leyla de Limaga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
“Ular Milliy transformasiya Kengashi nomi bilan ma’lum (National Transformation Council — NTC) va ular harbiylar qo‘llab-quvvatlashi bilan ommaviy namoyishlar tashkil qilmoqchi. Ushbu guruh tomonidan dastlabki harakatlar boshlangan bo‘lib, forumlar va konferensiyalar o‘tkazilgan. Chiqishlar, turli to‘qnashuvlar qilish orqali davlat to‘ntarishini amalga oshirish rejalashtirilgan”, – deyiladi 23 fevral kuni Adliya vaziri bayonotida.
Adliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, mazkur fitnachilar tepasida Norberto Gonsales turgan bo‘lib, u avvalgi Gloriy Makapagal-Arroyo hukumati davrida Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. Hozircha ularning harakatini to‘liq to‘ntarish qilishga qaratilgan deyish mumkin bo‘lmasa-da, ammo ularning faoliyati qonuniy emasligi aytilmoqda.
Hukumat xavfsizlik kuchlari amaldagi prezidentni qo‘llab-quvvatlasa-da, fitnachilar avvalgi prezidentning oz sonli tarafdorlari, iste’fodagi amaldorlar, siyosatchilar va dindorlarga tayanadi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar