16:00 / 31.10.2022
1 689

Germaniya IIVning provokatsion bayonotlari Qatarning noroziligiga sabab bo‘ldi

Germaniya IIVning provokatsion bayonotlari Qatarning noroziligiga sabab bo‘ldi
Qatar Germaniyaning Dohadagi elchisini chaqirib,: «Germaniya vazirining uch haftadan so‘ng bo‘lib boshlanadigan Jahon chempionati bilan bog‘liq qabul qilib bo‘lmaydigan va provokatsion bayonotlari»ga norozilik bildirdi.

Hukumat bayonotida shunday deyiladi: “Tashqi ishlar vazirligi ... Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatdagi elchisini chaqirdi va unga Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fayzerning Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga oid bayonotlariga Qatar davlatining noroziligi, uning to‘liq rad etishi va qoralanishini ifodalovchi rasmiy norozilik notasini topshirdi”.

Uning qo‘shimcha qilishicha, vazirlik bosh kotibi Ahmad bin Hasan Al-Hammodiy norozilik notasini Germaniya elchisiga topshirib, «bu bayonotlar bo‘yicha tushuntirishlar berish»ni talab qilgan.

Qatarning munosabati Fayzer payshanba kuni televideniyega bergan intervyusida Qatarda jahon chempionatini o‘tkazish Germaniya hukumati uchun «juda og‘ir» ekanligini aytib: «Qo‘llanishi kerak bo‘lgan standartlar mavjud va bu kabi turnirlarni tashkil etishni bunday mamlakatlarga topshirmaslik yaxshiroq».

Germaniya vaziri yana bir bayonotida shunday dedi: «Kelajakdagi xalqaro sport tadbirlariga kelsak, biz mezbonlik qilish va tashkil etish sharafi inson huquqlari standartlari bilan bog‘liqligiga ishonch hosil qilishimiz kerak».

Doha o‘z mamlakatining jahon chempionatiga mezbonlik qilishini e’lon qilganiga qarshi bo‘lgan boshqa davlat amaldorining so‘zlarga norozilik bildirish uchun birinchi marta elchini chaqirishidir.

FIFA 2010 yilda Qatarga jahon chempionati mezbonlik qilish huquqini berganidan beri jahon sport musobaqasini o‘tkazgan birinchi arab davlati mehnat muhojirlari, hamjinsbozlar va ayollar huquqlariga munosabati uchun tanqid ostiga olindi.

Qatarning norozilik notasida, shuningdek, Germaniya vazirining kelasi hafta Dohaga rasmiy tashrifi oldidan, «diplomatik me’yorlar va an’analarga» zid deb hisoblanadigan bayonotidan hayratda ekanligi bildirilgan.

Bayonotda Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri maslahatchisi va Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Majid bin Muhammad Al-Ansoriyning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya vazirining bayonotlari: «Qatar xalqi uchun qabul qilib bo‘lmaydigan, qoralanadigan va provokatsiondir».

Al-Ansoriy: “Siyosatchilarning o‘z mamlakatlarining boshqa davlatlar bilan munosabatlariga zarar yetkazadigan pozitsiyalarini ifodalashlari qabul qilinishi mumkin emas", deb ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo