20:05 / 11.11.2022
1 438

Rubik kubiklarini yig‘ish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Rubik kubiklarini yig‘ish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi
Foto: Shutterstock/FOTODOM
Buyuk Britaniyalik Jorj Sholi kun davomida 6931 ta kubikni yig‘ishga erishdi va Ginness rekordlari kitobiga kirdi. Bir kubikni yig‘ish uchun Sholi o‘rtacha 12 soniya vaqt sarfladi.

U rekord darajadagi marafonni 9 noyabr kuni ertalab soat 8 da boshlagan va roppa-rosa bir kundan keyin uyqu va ovqatlanish uchun tanaffuslarsiz yakunlagan. Kubiklarni yig‘ish jarayoni YouTube platformasida translyatsiya qilindi.

Jorj Sholi spidkubing – Rubik kubigini tezkor yig‘ish bo‘yicha Britaniya chempioni, shuningdek, bu borada dunyodagi eng kuchlilar qatoriga kiradi.

Bir kun davomida yig‘ilgan kubiklar soni bo‘yicha oldingi rekord 2013 yilda kanadalik Erik Laymbek tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, 5800 taga teng edi. U har bir kubikni yig‘ish uchun o‘rtacha 14,89 soniya sarfladi.

Rubik kubigi Ginnesning rekordlar kitobiga kirishning dunyodagi eng mashhur usullaridan biridir. Ushbu boshqotirma muxlislari, ayniqsa o‘smirlar, har kuni kubikni yuqori tezlikda yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatishga urinadilar. Kubik nafaqat qo‘llar bilan, balki oyoqlar bilan va ko‘zi bog‘liq holda ham yig‘iladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo