Nemis talabasi havoda Rubik kubini yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Nemis tibbiyot talabasi va bloger Tom Kopke parashyutdan sakrash vaqtida erkin tushish paytida Rubik kubini yig'ib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi va dunyoda birinchi bo'ldi. U mazkur tryukni bajarish uchun 23,333 soniya natija ko'rsatdi. Rekordchi 18 yoshida Rubik kubini yig'ishni sinab ko'rgani va shu vaqtdan beri ko'p mashq qilganini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, dastlab bu g'oyani amalga oshirish uchun vaqti va puli bo'lmagan.

Nemis blogeri va tibbiyot talabasi Tom Kopke Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi, u dunyodagi birinchi bo‘lib parashyutdan sakrash paytida Rubik kubini yig‘di, deb xabar beradi Dzen.
Erkin tushish paytida rekord qayd etildi. Kopke 23,333 soniya natija ko‘rsatdi.
Rekordchining o‘zi birinchi marta 18 yoshida Rubik kubini yig‘ishga harakat qilganini va o‘shandan beri ko‘p mashq qilganini tan oldi. Havoda tryuk bajarish g‘oyasi unda birdaniga paydo bo‘lmadi.
«O‘sha paytda menda na pul, na parashyutdan sakrash bo‘yicha litsenziya olish uchun vaqt bor edi, shuning uchun men bu ishni oxiriga yetkaza olmadim», — dedi Kopke.






























Izohlar 0
…