07:44 / 14.11.2022
1 509

«Tolibon» Kobul aholisiga yangi cheklovlar kiritdi

«Tolibon» Kobul aholisiga yangi cheklovlar kiritdi
Foto: Reuters
Afg‘onistonda «Tolibon» harakati Kobul aholisiga nisbatan yangi cheklovlar joriy qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uy xo‘jaliklari bir uydan ikkinchisiga ko‘chib o‘tish uchun tegishli politsiya bo‘linmalaridan guvohnoma olishi kerak bo‘ladi.

Mazkur ma’lumotni «Tolibon»ning shahardagi politsiya bo‘limi matbuot kotibi Xolid Zadran tasdiqladi.

Kobuldagi «Tolibon» xavfsizlik kuchlari hukumat idoralariga ko‘chirishni tasdiqlovchi hujjatlarni tarqatgan. Zadranning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chish haqidagi guvohnomalarni tasdiqlash ularga jinoyatchilarni aniqlashda katta yordam beradi.

«Tolibon» avvalroq shaharlardagi oilalarning shaxsini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qog‘oz tarqatgan va bu majburiy ekanini ta’kidlagan. Shu bilan birga, «Tolibon» Kobul aholisiga uylarida kuzatuv kameralarini o‘rnatishni ham buyurgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo