
Turkiya OAVlari ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya va AQSH Anqarada yopiq muzokaralar o‘tkazmoqda. RF tomoniga tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin boshchilik qilmoqda.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu masalaga izoh berar ekan, ushbu xabarlarni tasdiqlamasligini, ammo inkor ham qilmasligini aytgan.
So‘nggi bor Moskva va Vashington 10 yanvar kuni Jenevada muzokaralar o‘tkazgandi. Unda xavfsizlik kafolatlari masalalari muhokama qilingan.
O‘z navbatida Rossiya va Ukraina diplomatlari ikki davlat o‘rtasidagi muloqotni tiklash bo‘yicha yangi bayonotlar bermoqda.
Masalan, Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko dushanba kuni Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadan olib chiqilishi Moskva uchun to‘g‘ri kelmaydigan shart ekanini aytgan. 12 noyabr kuni Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak muzokaralarni boshlash uchun rus qo‘shinlarini olib ketishni talab qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar