date
views 1 507

Yaponiyada mashhur suratlar tasviri tushirilgan olmalar yetishtirildi

Yaponiyada mashhur suratlar tasviri tushirilgan olmalar yetishtirildi
Foto: EastFruit
Yaponiya shimolidagi Aomori prefekturasida arxitektura yodgorliklari va mashhur suratlar tasviri tushirilgan qizil olma yetishtirilmoqda. Bu haqda Ukrainaning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Sergey Korsunskiyning Facebook'dagi sahifasida e’lon qilingan xabarga tayanib, EastFruit xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mahsulot Fransiyaga eksport ham qilinyapti.

- "Hayron qoladigan narsaning o‘zi yo‘q, bu shunchaki Aomori prefekturasidagi yapon olmalari, xolos. Ular Versalga va Ukrainaning Yaponiyadagi elchixonasiga yetkazilmoqda Ular juda shirin", — deb yozgan elchi.

Ukrainadagi Dnepropetrovsk viloyatida ham «SamoSad» fermer xo‘jaligi mevalar rang olishining tabiiy jarayonidan foydalangan holda suratli olmalar yetishtirmoqda.

Fermer xo‘jaligi rahbari Nazar Gerasimchukning so‘zlariga ko‘ra, logotip yaratish uchun qip-qizil navlar ko‘proq mos keladi.

Misol uchun, «Gala» navi chiziqli bo‘lgani sabab yuqori sifatli surat tushirib bo‘lmaydi. «SamoSad», birinchi navbatda, ommabop navlarga e’tibor qaratmoqda. Masalan, qizil rangli «Jonaprins»ning mevalari yirik va har doim yaxshi surat beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada mashhur suratlar tasviri tushirilgan olmalar yetishtirildi