
Foto: Tasnim news
Afg‘onistonning Bag‘lon viloyati Xonjon tumanida 19 noyabr kuni, tunda yo‘lovchi avtobusi daryoga qulab tushdi. Bu haqda Tasnim news xabar berdi.
Kobuldan Juzjonga ketayotgan 580 rusumli yo‘lovchi avtobusi Xonjon tumanida yo‘ldan chiqib ketib, daryoga qulagan. Hodisa oqibatida 9 kishi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgan. Jarohatlanganlar esa 40 kishini, bir bola, ikki ayol hamda 38 nafar erkak, tashkil qilmoqda.

Foto: Tasnim news
«Tolibon»ning Bag‘lon politsiya boshqarmasi matbuot kotibi Sher Ahmad Burhoni hodisaga haydovchining ehtiyotsizligi va texnik nosozlik sabab bo‘lganini qayd etgan. Yaradorlar kasalxonaga olib ketilgan.

Foto: Tasnim news

Foto: Tasnim news
17 noyabr kuni Pokistonda yo‘lovchi avtobusi chuqurlikka tushib ketishi oqibatida 20 kishi halok bo‘lgandi. Qurbonlarning 11 nafari yosh bolalar bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar