date
views 1 601

BMT: Ukrainada asirlikdagi rus harbiylari o‘ldirilgani aks etgan videoning haqiqiylik ehtimoli yuqori

BMT: Ukrainada asirlikdagi rus harbiylari o‘ldirilgani aks etgan videoning haqiqiylik ehtimoli yuqori
Videodan kadr
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turk ukrainalik harbiylar tomonidan asirlikdagi rus askarlari «o‘ldirilgani» aks videolar haqiqiy bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Jenevada 25 noyabr kuni e’lon qilingan bayonotda BMTning Ukrainadagi inson huquqlari sohasidagi monitoring missiyasi shunday xulosaga kelgan.

«Kadrlar haqiqiy bo‘lishi ehtimoli katta. BMT voqeani aniqlashga yordam berish uchun mustaqil va batafsil sud-tibbiy ekspertiza zarurligini ta’kidlaydi. Ukraina rasmiylari mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atganidan xabardormiz», — deydi Folker Turk.

U tomonlarni «harbiylarga qasos olmaslik, asirga olganlarni qatag‘on qilmaslik va bu ko‘rsatmalar to‘liq bajarilishini ta’minlash kerakligi haqida aniq ko‘rsatmalar berishga» chaqirdi. Oliy komissar mahbuslarga insonparvar munosabatda bo‘lish talabi Jeneva konvensiyalarida belgilab qo‘yilganini eslatdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT: Ukrainada asirlikdagi rus harbiylari o‘ldirilgani aks etgan videoning haqiqiylik ehtimoli yuqori