
Foto: AQSH armiyasi
Bundestagning Budjet qo‘mitasi Bundesver uchun 10 milliard yevroga 35 ta samolyot sotib olishga ruxsat berdi. Nemis uchuvchilari F-35 samolyotlarida AQSHda o‘qitiladi. Bitim qayta qurollanish bo‘yicha maxsus fonddan moliyalashtiriladi.
Germaniya Bundestagi Germaniya hukumatiga Germaniya qurolli kuchlari - Bundesver uchun 35 ta Amerikaning beshinchi avlod F-35 ko‘p funksiyali qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarini sotib olishga ruxsat berdi. Budjet qo‘mitasi 14 dekabr, chorshanba kuni umumiy qiymati qariyb 10 milliard yevroga samolyot sotib olish rejasini tasdiqladi. Birinchi texnikalar 2028 yilda foydalanishga tayyor bo‘lishi kerak.
Germaniya harbiy-havo kuchlari bosh inspektori Ingo Gerharsning ta’kidlashicha, F-35 samolyotlarida nemis uchuvchilarni tayyorlash kursi 2026 yilda boshlanadi. Unga ko‘ra, birinchi qiruvchi samolyotlar Germaniyaga 2027 yilda yetkaziladi.
Bundan tashqari, mamlakat parlamenti boshqa loyihalarga, jumladan, Germaniyaning Heckler & Koch kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 119 mingga yaqin yangi HK416 miltiqlarini sotib olishga ruxsat berdi. Birinchi namunalar 2024 yilda qo‘shinlarga yuboriladi. Tasdiqlangan boshqa loyihalar qatoriga yangi raqamli radiotexnika, 140 ta qorda yuruvchi avtomobillarini sotib olish va 143 ta Puma zirhli transport vositalarini modernizatsiya qilish kiradi.
Bundestag qurolli kuchlarni qo‘llab-quvvatlashning «juda muhim belgisi»ni ko‘rsatdi, deya izoh berdi Germaniya mudofaa vaziri Kristine Lambrext Germaniya parlamenti qaroriga. Qurol-yarog‘ Bundesverni qayta jihozlash uchun 100 milliard yevrolik maxsus fonddan moliyalashtiriladi, uning tuzilishi Rossiya Ukraina bilan urush boshlaganidan bir necha kun o‘tgach e’lon qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar