
Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya tomonidan bosib olingan Donetsk viloyatining Makeyevka shahridagi harbiylar turar joyiga Ukraina tomonidan uyushtirilgan raketa hujumida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar sonini 89 nafarga yetganini ma’lum qildi.
Ular hujumni rus askarlari mobil telefonlardan ruxsatsiz foydalanishgani bilan bog‘ladi.
Ukraina yakshanba kuni raketa hujumida 400 ga yaqin rus askari halok bo‘lganini habar qilgan bo‘lsa, Moskva chorshanba kunigacha 63 rus askari halok bo‘lganini da’vo qilgan edi.
"O‘lgan safdoshlarimiz soni 89 nafarga yetdi", dedi general-leytenant Sergey Sevryukov chorshanba kuni tongda Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan videomurojaatda.
"Rus askarlarining mobil telefonlardan foydalanishi hujumga sabab bo‘lgan. Bu omil dushmanga raketa zarbasi uchun askarlarning koordinatalarini kuzatish va aniqlash imkonini bergan", - deya qo‘shimcha qildi Sevryukov.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati sobiq zobiti, 2014 yilda Donbas mintaqasida dastlabki urushni boshlashda muhim rol o‘ynagan Igor Girkinning telegram xabar postidagi ma’lumotiga ko‘ra, o‘q-dorilar va harbiy texnikalar rus askarlari joylashgan binolarda saqlangan va bu portlashning kuchayishiga hissa qo‘shgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar