
Turkiyaning Diyorbakir shahrida avtobus bilan sodir bo‘lgan YTHda besh kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi TRT Haber telekanali.
«Diyorbakirda yo‘lovchi avtobusining ag‘darilishi oqibatida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 5 kishi, jumladan, bir bola halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi», — deyiladi telekanal xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, YTH mamlakat janubi-sharqidagi Diyarbakir-Silvan avtomobil yo‘lining 65-kilometrida sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga ko‘plab tez yordam, qutqaruvchilar va politsiya xodimlari jo‘natilgan. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar