
Foto: Bloomberg
Slowmist Hacked va Atlas VPN tadqiqotchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda xakerlar tomonidan turli blokcheyn platformalaridan o‘g‘irlangan kriptovalyuta miqdori 3,5 milliard dollarni tashkil etgan.
Mablag‘larning katta qismi — 92 ta hujumda 2 milliard dollar — Binance Smart Chain (BSC) ekotizimidan o‘g‘irlangan.
Boshqa barcha kriptoloyihalar va platformalarga 48 ta hujum uyushtirilgan, ular davomida 370 million dollar o‘g‘irlangan. NFT'da 57 ta hujum sodir etilgan. Bu orqali segment jami 90 million dollar yo‘qotdi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ular o‘tgan yili FTX kripto birjasining bankrotligi natijasida ko‘rilgan yo‘qotishlarni hisobga olmagan, chunki aniq miqdor hali hisoblab chiqilmagan.
Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, kripto bozoridagi umumiy sekinlashuvga qaramay, o‘tgan yili blokcheyn texnologiyalarining keng tarqalishi tufayli hujumchilar juda faol bo‘lgan.
2022 yilda butun bozorda jami 301 ta hujum ro‘y berdi, bu 2021 yilga nisbatan 27 foizga ko‘p. Bundan tashqari, o‘tgan yilning ikkinchi yarmida xakerlik hujumlari soni nisbatan kamayganiga qaramay, ularning umumiy soni yil davomida rekord ko‘rsatkichni tashkil etdi.
Avvalroq Dunyoning eng boy kripto milliarderlari mart oyidan beri 116 mlrd dollar yo‘qotgani haqida xabar berilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar