803
RF mudofaa vazirligi — Ukraina bo‘ylab navbatdagi yoppa raketa zarbalari haqida: «Maqsadga erishildi»

EPA / Scanpix / LETA
RF mudofaa vazirligi har kunlik brifingida Ukraina bo‘ylab 14 yanvar kuni yo‘llangan zarbalar chog‘ida rossiyalik harbiylar Ukraina harbiy boshqaruv tizimi va u bilan bog‘liq energetika obyektlarini aniq nishonga olgani haqida ma’lum qildi.
«Belgilangan barcha obyektlar aniq nishonga olindi. Zarbadan ko‘zlangan maqsadga erishildi», — degan RF mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.
Vazirlikning telegramdagi sahifasida joylashtirilgan postda «Zaryajayem po polnoy» («To‘liq o‘qlaymiz») yozuvi aks etgan surat e’lon qilingan.

Yoppasiga zarbalar oqibatida, Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning olti oblastida energetika obyektlari shikastlangan. Dneprda raketa to‘qqiz qavatli turar joy binosiga kelib tushgan, natijada 27 kishi halok bo‘lib, 70 dan ortiq kishi tan jarohati olgan.
«Agentstvo»ning yozishicha, 14 yanvar kuni Rossiya Ukraina bo‘ylab 2022 yil sentyabridan buyon eng ko‘p o‘limga sabab bo‘lgan zarbalar yo‘lladi, o‘shanda Zaporijjya oblastida gumanitar karvon o‘qqa tutilishi oqibatida 32 kishi halok bo‘lgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar