13:13 / 18.01.2023
613

Qozog‘iston rossiyaliklar uchun «vizaran»ni bekor qildi

Qozog‘iston rossiyaliklar uchun «vizaran»ni bekor qildi
Qozog‘iston xorijliklarning mamlakatga kirishi va bo‘lishi qoidalarini kuchaytirdi. Mamlakat bosh vaziri Alixon Smailov tomonidan tasdiqlangan hujjat normativ-huquqiy hujjatlar saytida e’lon qilingan.

Endi 27 yanvardan boshlab Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari – Rossiya, Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston fuqarolariga har bir 180 kunlik davrda respublikada 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga bo‘lishlariga ruxsat beriladi. Agar bu muddat oshib ketgan bo‘lsa, mamlakatni tark etgan chet el fuqarosi qaytib kela olmaydi. Yangi qoidalar vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Ilgari rossiyaliklar Qozog‘iston chegarasini har uch oyda bir marta kesib o‘tib, qaytib kelishlari mumkin bo‘lgan vizarandan foydalanishlari mumkin edi. Bu davlat hududida qonuniy bo‘lish muddatini yangilash uchun yetarli edi.

Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Qozog‘iston Rossiyani tark etuvchi fuqarolarning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi, u yerga yuz minglab rossiyaliklar kirib kelishdi. Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, safarbarlik e’lon qilingandan keyingina respublikaga 400 ming rossiyalik kelgan, ulardan 150 ming nafari mamlakatda qolgan, atigi 36 ming kishi vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo