07:37 / 06.02.2023
526

Bill Geyts koronavirusni sun’iy yaratganmi?

Bill Geyts koronavirusni sun’iy yaratganmi?
Foto: BBC
Microsoft asoschisi Bill Geyts uning ishtirokida koronavirus yaratilgani haqidagi ayblovlarga munosabat bildirdi. Milliarder BBC bilan suhbatda bu haqda gapirdi.

Bill Geyts bunday ayblovlardan hayratda qolganini aytib, buni odamlarning muammoda asosiy aybdorni topish istagi bilan bog‘ladi.

Pandemiya paytida men ataylab koronavirus yarattirganim va odamlarni kuzatayotganim haqida o‘n millionlab xabarlar paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, mening vaksinalar bilan bog‘liqligim bor, ammo odamlar hayotini saqlab qolish uchun vaksinaga aloqadorman”, — dedi milliarder.

Geys odamlar pandemiya tarqalishini tushunish uchun emas, balki murakkab muammoning oddiy yechimini topish uchun kimnidir ayblayotganini aytdi.

Menimcha, odamlar parda ortida turgan yirtqich hayvonni qidirmoqda. Bu juda soddalashtirilgan tushuntirish. Yovuz niyatlarni biologiyaga qaraganda tushunish ancha oson”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Geys dunyoda AQSH prezidenti sobiq tibbiy maslahatchisi Entoni Fauchidan ham mashhurroq bo‘lgani uchun ayblovlar ostida qolganini hazil qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts koronavirusni sun’iy yaratganmi?