Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari yuzasidan savollarga javob berdi

Microsoft asoschisi Bill Geyts AQSH Kongressida Jeffri Epshteyn faoliyatini tekshirayotgan komissiyaga yopiq tartibda ko'rsatma berdi. AQSH Vakillar palatasi a'zosi Jeyms Komer Adliya vazirligi e'lon qilgan hujjatlarda Geyts nomi bir necha bor uchraganidan so'ng, undan ko'rsatma olishni talab qilgan edi. Hujjatlarga ko'ra, Geyts va Epshteyn o'rtasidagi aloqalar 2011 yilda boshlanib, kamida 2014 yil oxirigacha davom etgan.
Microsoft asoschisi Bill Geyts AQSH Kongressida Jeffri Epshteyn faoliyatini tekshirayotgan komissiyaga ko‘rsatma berdi. Eshituv yopiq tartibda o‘tkazilmoqda.
AQSH Vakillar palatasi a’zosi Jeyms Komer Adliya vazirligi e’lon qilgan hujjatlarda Geyts nomi bir necha bor uchraganidan so‘ng, undan ko‘rsatma olishni talab qilgan.
Hujjatlarga ko‘ra, Geyts va Epshteyn o‘rtasidagi aloqalar 2011 yilda boshlangan va kamida 2014 yil oxirigacha davom etgan.
Oldindan tayyorlangan bayonotga ko‘ra, Geyts qonun chiqaruvchilarga hech qachon boshqa odamlarga zarar yetkazmaganini aytmoqchi.































Izohlar 0
…