
Rossiyaga majburan olib ketilgan 128 bola Ukrainaga qaytishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi Ukraina Bosh prokuraturasi bolalar manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Yuliya Usenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, olib ketilgan ukrainalik bolalarni qaytarish oson jarayon emas: bir bolani qaytarish uchun bir necha oy vaqt ketadi.
«Ukraina qo‘lidan kelgan hamma narsani qilmoqda, ammo, afsuski, bu yetarli emas. Diplomatiyaning odatiy vositalari faol emas, xalqaro gumanitar huquq talablari agressorga taalluqli emas, shuning uchun yagona mexanizm yo‘q, mavjud qoidalar ishlamaydi», - dedi Usenko.
«Ukrinform» ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 16 mingdan ortiq ukrainalik bolalar bo‘lishi mumkin.
Ukraina muntazam ravishda Rossiya hukumatini bolalarni majburan deportatsiya qilishda ayblaydi - haqiqatan ham “DXR” va “LXR” respublikalari, Rossiya tomonidan bosib olingan hududlardan yuzlab yetim bolalar Rossiyaga olib ketilgan.
18 yanvar kuni Ukraina prezidentining bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Darya Gerasimchuk 125 nafar ukrainalik bola uylariga qaytarilganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular Rossiya armiyasi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va deportatsiya qilingan kamida 13 899 bolaning ma’lumotlarini tekshirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Ularning ko‘pchiligi Rossiya fuqaroligiga qabul qilinib, rus oilalarida vasiylikka olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar