![Uyquchi Medvedev: Putinning Federal Majlisga murojaati paytida ham u uxlab qoldi (foto)](/uploads/posts/2023-02/photo_2023-02-21_21-15-34.jpg)
Foto: Videodan kadr
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev 21 fevral kuni Kreml rahbari Vladimir Putinning Federal Majlisga murojaati paytida uxlab qoldi. BBC jurnalisti Frensis Skarr bu haqda ma’lumot berdi.
Jurnalist Twitter'da Medvedevning uxlayotgani aks etgan rasmni joylab, “Dmitriy Medvedev allaqachon kurashmoqda, Putin esa hali ham ko‘rinish bermadi”, — deya tvit qoldirgan.
Amerikalik jurnalist Keyt Olbermann ham Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosarining majlisda uxlagani suratiga munosabat bildirgan.
“Bir yarim oy oldin Germaniya va Fransiya o‘rtasida urush boshlanishini aytgan, Ilon Mask AQSH prezidenti bo‘lishini bashorat qilgan Putinning yordamchisi va Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev bugun ertalab Putin nutqi vaqtida uxlab qoldi”, — deydi Olbermann.
Bu Medvedevning Rossiya prezidenti nutqida uxlab qolishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Avval ham jurnalistlar Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosarining uxlayotgan paytini tasvirga muxrlagan. Jumladan, Putinning 2016 yilgi Federal Majlisga murojaatida ham Dmitriy Medvedev uxlab qolgandi.
![](/uploads/posts/2023-02/photo_2023-02-21_20-54-00.jpg)
Foto: Wall Street Journal / 2016 yil
Putinning 2015 yilgi murojaatnomasida ham Medvedev uxlab qolgani tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan.
![](/uploads/posts/2023-02/photo_2023-02-21_21-29-36.jpg)
Foto: Videodan kadr / 2015 yil
Sochida 2014 yil Olimpiada o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida o‘sha paytda Rossiya bosh vaziri lavozimida bo‘lgan Dmitriy Medvedevning uxlayotgani aks etgan suratlar e’lon qilingandi.
![](/uploads/posts/2023-02/photo_2023-02-21_21-33-03.jpg)
Foto: Videodan kadr / 2014 yil “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar