Serdar Berdimuhamedov Bahrayn qiroli bilan sovg‘a almashdi: Otasining kitobi va gilamga ikki arab oti

1 daqiqa o'qish516
Serdar Berdimuhamedov Bahrayn qiroli bilan sovg‘a almashdi: Otasining kitobi va gilamga ikki arab oti

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 21—22 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Bahraynda bo‘lib, u yerda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi, Qirol Hamad bin Iso Al-Xalifa bilan uchrashdi va sovg‘alar almashdi. Bu haqda “Turkmenistan segodnya” nashri xabar bermoqda.

Berdimuhamedov Bahrayn Iqtisodiy taraqqiyot kengashiga tashrif buyurgan, unga qirollikning maket xaritasi ko‘rsatilgan hamda investitsiya loyihalari va hamkorlik imkoniyatlari haqida aytib berilgan.

Turkmaniston prezidenti Qirol Hamad bin Iso al-Xalifa bilan muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilgan. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot, shuningdek, madaniyat, ta’lim, dengiz transporti va metrologiya sohalarida hamkorlikka oid qator memorandum va bitimlar imzolangan.

Qirol Berdimuhamedovga Shayx Iso bin Salmon Al-Xalifa nomidagi  birinchi darajali ordenni topshirgan – bu Bahrayn qirolligining oliy mukofotidir.

Shuningdek, rasmiy tadbirlar yakunida Turkmaniston prezidenti qirol otxonasiga olib borilib, u yerda unga ikkita arab oti sovg‘a qilingan. O‘z navbatida Serdar Berdimuhamedov Bahrayn Milliy muzeyiga turkman gilami va otasi Gurbanguli Berdimuhamedovning Axalteke otlari haqidagi kitobini sovg‘a qilgan.

Turkmaniston prezidenti bahraynlik hamkorlarni kelasi yilda biznes va sarmoyaviy forumlar o‘tkazishga hamda qirol Hamad bin Iso al-Xalifani tashrif buyurishga taklif qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?