22:45 / 30.04.2023
464

Jidda aeroporti orqali Zamzam suvini olib o‘tish qoidalari e’lon qilindi

Jidda aeroporti orqali Zamzam suvini olib o‘tish qoidalari e’lon qilindi
Jidda shahridagi podsho Abdulaziz xalqaro aeroporti (KAIA) ziyoratchilar o‘zlari bilan zamzam suvi olib ketishni xohlasalar, ularga rioya qilishlari kerak bo‘lgan to‘rtta shartni qo‘ydi.
 
Aeroport infografikada o‘z mamlakatlariga qaytayotgan ziyoratchilar bagajdagi yuklari orasiga zamzam shishalarini qo‘ymasliklari, balki ularni o‘zlari bilan birga olishlari kerakligini aytdi.
 
Zamzam suvi asosiy savdo nuqtalarida sotib olinishi kerak va faqat 5 litrli idishlarga ruxsat beriladi.
 
Xalqaro reysda uchayotgan har bir ziyoratchiga Nusuk ilovasi orqali Umra uchun ro‘yxatdan o‘tganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etish sharti bilan bir shisha zamzam olib yurishga ruxsat beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jidda aeroporti orqali Zamzam suvini olib o‘tish qoidalari e’lon qilindi