Baxtiyor Saidov va Annalena Berbok hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi


Foto: Dunyo
Berlinga tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov GFR TIV rahbari Annalena Berbok bilan muzokaralar o‘tkazdi.
«Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Xonimi Oliyalari bilan uchrashishdan mamnunmiz», - deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Oliy darajadagi muzokaralar arafasida O‘zbekiston – Germaniya kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.
Oxirgi 6 yilda savdo aylanmasi hajmi hamda qo‘shma korxonalar soni 2 barobar, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar esa 10 barobar oshdi.
«Biz O‘zbekiston va Germaniya hukumatlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi Deklaratsiyani ham imzoladik», dedi Baxtiyor Saidov.































Izohlar 0
…