date
views 256

Prigojin Baxmut uchun janglarda sobiq mahbuslardan 10 ming nafari halok boʻlganini aytdi

Prigojin Baxmut uchun janglarda sobiq mahbuslardan 10 ming nafari halok boʻlganini aytdi

Foto: Reuters

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Evgeniy Prigojin Kreml ta'siridagi siyosiy texnolog Konstantin Dolgovga bergan intervyusida Baxmut uchun janglar vaqtida oʻz yollanma jangchilarining yoʻqotishlari boʻyicha ma'lumot berdi.

Prigojinning soʻzlariga koʻra, «Vagner» XHKga 50 ming mahbus yollangan, shundan 20 foizga yaqini halok boʻlgan.

U «Vagner» XHKning boshqa toifadagi yollanma jangchilari (35 ming) orasidagi yoʻqotishlar ulushi ham shuncha ekanini aytgan. Prigojin yollanma kuchlarning jami yoʻqotishlari boʻyicha raqamni keltirmagan, ammo uning soʻzlaridan xulosa qilish mumkinki, «Vagner» XHK 15-16 ming jangchisini qurbon qilgan, jumladan 10 ming nafar sobiq mahbusni.

Shuningdek, «Vagner»ning yana 15-16 ming a'zosi ogʻir jarohatlar tufayli safdan chiqqan.

Prigojin Ukraina qurolli kuchlarining yoʻqotishlarini 50 mingga baholagan, yana 50-70 ming kishi yaralanganini aytgan.

AQSh prezidenti Jo Bayden 21 may kuni rossiyaliklarning Baxmut uchun janglardagi yoʻqotishlari 100 mingga yaqin ekanini aytgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo