date
views 1 530

Volgogradda Qur’onni yoqqan jinoyatchi Chechenistonga topshirildi

Volgogradda Qur’onni yoqqan jinoyatchi Chechenistonga topshirildi

Bugun Chechenistonning 60 mingga yaqin aholisi Grozniy ko‘chalariga chiqdi. Ular yaqinda Volgogradda Qur’on yoqib yuborilishiga qarshi o‘z noroziliklarini bildirdi, deya xabar bermoqda Yeni Şafak'ka tayanib Azon.uz.

Miting ishtirokchilari qo‘llarida “Qur’ondan qo‘lingni tort!”, “Men Qur’onni yaxshi ko‘raman!”, Muqaddas Kitobga tegma!”, “Dinimiz uchun jonimizni berishga tayyormiz!” kabi shiorlarni ko‘rish mumkin edi.

20 may kuni Volgograd shahri markazidagi Sobor masjidi yonida Qur’oni Karim mushafini yoqib yuborgan Rossiya fuqarosi Nikita Juravel qo‘lga olingandi. Erkak jinoyatga iqror bo‘ldi. Tergov qo‘mitasi ish bo‘yicha tergovni Checheniston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirdi, chunki respublika aholisidan ularni jabrlanuvchi deb tan olish to‘g‘risida so‘rovlar olingan.

Volgogradlik Nikita Juravelga nisbatan dindorlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilish bo‘yicha jinoyat ishini Checheniston Respublikasi IIVning Tergov boshqarmasi olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil aprel oyida Moskvadagi Oq ko‘l hududida Qur’on yoqib yuborilgani bo‘yicha jinoiy ish ochilgandi. Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi o‘shanda bu jinoyat masjid qurilishiga qarshi sodir bo‘lganini tushuntirgandi.  Jinoyatchi musulmonlarning muqaddas kitobini yoqar ekan, “Moskva ruslar uchun. O‘z joyingni bil", degan ayirmachilik kayfiyatidagi gaplarni aytgandi.

So‘nggi paytlarda Rossiyada islomobiya kuchayib borayotgani musulmonlarda haqli tashvish uyg‘otmoqda. Birgina Moskva shahrida 3.5 mlndan ortiq musulmon borligiga qaramay, bor yo‘g‘i to‘rttagina masjid bor, xolos. Yangi masjid qurilishiga hukumat ham, yerlik aholi ham qarshilik qilib kelmoqda...

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Volgogradda Qur’onni yoqqan jinoyatchi Chechenistonga topshirildi