23:40 / 02.06.2023
305

Ben Uolles: Ukraina shu yilning o‘zidayoq Qrimni okkupatsiyadan xalos qilishi mumkin

Ben Uolles: Ukraina shu yilning o‘zidayoq Qrimni okkupatsiyadan xalos qilishi mumkin
Foto: Frank Augstein/AP
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesning hisoblashicha, Rossiya 2014 yilda anneksiya qilib olgan Qrimni shu yilning o‘zidayoq qaytarib olish uchun Ukrainada imkoniyatlar yetarli. Bu haqda u The Washington Post nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan
 
«Jang maydonida guvoh bo‘lganimizdek — agar siz Rossiya qo‘shinlariga kutilmagan joyda zarba bersangiz, ular amalda halokatga uchraydi. Siz o‘n minglab yosh yigitlarni o‘limga yuborishingiz mumkin, ular chindan ham o‘lishadi, ammo siz tank va qurol tizimlarini sehrlay olmaymiz», — degan Uolles.
 
Vazirning fikricha, rossiyaliklarning yo‘qotishlari ko‘lami shundan guvohlik beradiki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamon agar Ukrainaga yanada ko‘proq qo‘shin yuborsa, g‘alaba qozonishi mumkinligiga ishonmoqda.
 
Uolles Putin bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida aniq ma’lumot olmayotgan va o‘z mamlakatining harbiy muammolari ko‘lamini anglamayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. U G‘arb davlatlari Rossiyada «halokat va parchalanish» ro‘y berishiga tayyor turishi lozimligini ta’kidlagan.
 
Britaniya vaziri Ukrainaning NATOga kirishi ehtimolini ham baholagan. U bu masalada hali ham zid qarashlar saqlanib qolayotganini qayd etgan.
 
«Biz realist bo‘lishimiz va Vilnyusda [NATO mamlakatlarining 2023 yilgi sammitida] bu sodir bo‘lmasligi, buni yaqin vaqtlar ichida kutish kerak emasligini aytishmiz kerak», — degan Uolles.
 
Ukraina hukumati bir necha bor Rossiya bilan urush rus qo‘shinlari bosib olingan barcha hududlardan chiqib ketib, Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralari tiklanganida, jumladan, Qrim ham qaytarilganidan keyingina to‘xtashi mumkinligini bildirgan.
2023 yil aprelida Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Ondriy Sibiga Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumida Qrim chegaralariga qadar yetib borilsa, Kiyev yarimorolning qaytarilishi shartlari bo‘yicha Moskva bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ben Uolles: Ukraina shu yilning o‘zidayoq Qrimni okkupatsiyadan xalos qilishi mumkin
ePN