
Foto: AP
Germaniyaning ZDF telekanali va haftalik Der Spiegel nashri tomonidan olib borilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, Germaniya qurolli kuchlarining (Bundesver) sobiq zobitlari ko‘p yillar davomida Xitoyda qiruvchi uchuvchilarni tayyorlab kelyapti. Nashrlar veb-saytida 2 iyun, juma kuni e’lon qilingan materiallarga ko‘ra, ular o‘tkazayotgan mashg‘ulotlar davomida boshqa narsalar qatori hujum ssenariylarini ham ishlab chiqyapti.
Der Spiegel nashriga ko‘ra, Germaniya xavfsizlik idoralari sobiq askarlar xitoyliklar bilan turli hujum variantlarini, jumladan, Tayvanga hujum qilish imkoniyatlarini ishlab chiqishlari mumkin deb hisoblaydi. Nemis harbiy uchuvchilarini yollash orqali XXR rahbariyati G‘arb qiruvchilarining zaif tomonlarini aniqlashga intilmoqda, deya qayd etadi nashrlar.
Shu bilan birga, ikki sobiq nemis harbiysi nafaqaga chiqqunga qadar Eurofighter ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlarining uchuvchilarini o‘qitgan, yana bir nemis ilgari Tornado jangovar samolyotining uchuvchisi bo‘lgan. ZDF ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan kamida bittasi Xitoy shimoli-sharqidagi Sitsikar shahrida yashagan va ishlagan.
Bundesverdagi qiruvchilar uchuvchilari odatda 41 yoshda nafaqaga chiqishadi, bu yoshda reflekslar va ko‘rish zaiflasha boshlaydi, ularning ko‘pchiligi keyin boshqa faoliyatga o‘tadi. ZDF ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydagi sobiq nemis ofitserlari instruktor sifatida ishlaganliklari uchun «ko‘p hollarda Seyshel orollaridagi soxta kompaniyalari orqali» katta miqdorda maosh olishgan. Der Spiegel nashrining yozishicha, zobitlardan biri yiliga bir necha yuz ming yevro ishlab topgan. Bular «faqat professional sportchilar yoki konsernlarning top-menejerlari tomonidan olinadigan maoshlar», deyiladi ma’lumotda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar