11:23 / 07.06.2023
127

AQSH Rossiya va Xitoydan kelayotgan tahdidlarni kuzatish uchun koinotga josus sun’iy yo‘ldoshlarini uchiradi

AQSH Rossiya va Xitoydan kelayotgan tahdidlarni kuzatish uchun koinotga josus sun’iy yo‘ldoshlarini uchiradi
Foto: NASA
AQSH shu yilning yozida ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshlar turkumini uchiradi, ular orbitadagi obyektlarni o‘chirib qo‘yishi yoki shikastlashi mumkin bo‘lgan Xitoy va Rossiya kosmik kemalarini kuzatadi. Bu haqda Bloomberg AQSH Kosmik kuchlariga tayanib xabar berdi.
 
Sun’iy yo‘ldosh tarmog‘iga Silent Barker nomi berilgan. Ular Yerdan taxminan 22 ming milya (35,4 ming km) balandlikda joylashtirilishi taxmin qilinmoqda. Kosmik kuchlar “tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash” hamda “orbitada dushman sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatish”ga mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldoshlarni yaratish ustida AQSH Milliy kosmik razvedka agentligi bilan hamkorlikda ishlagan.
 
Boeing va Lockheed Martin kompaniyalariga tegishli United Launch Alliance kompaniyasi iyul oyidan keyin Atlas V raketa-tashuvchisini sun’iy yo‘ldoshlari bilan birga koinotga uchiradi, aniq sana hali e’lon qilinmagan.
 
Milliy kosmik razvedka agentligi direktorining yillik tahdidlar hisobotida aytilishicha, Xitoyda AQSH va boshqa ittifoqchilar sun’iy yo‘ldoshlarini urishga qodir qurollar mavjud. Misol sifatida ular Xitoyning SJ-21 va Shijian-17 sun’iy yo‘ldoshlarini keltirdi. Idoraning ma’lum qilishicha, Xitoy Xalq ozodlik armiyasi kelajakda “kontrkosmik operatsiyalar” o‘tkazishni rejalashtirgan.
 
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Xitoydan kelayotgan potensial tahdidlarning kuchayishi fonida Pentagon AQSH Kosmik kuchlarini koinotda ushbu davlatlar bilan ehtimoliy tayyorlashni boshlagan.
 
AQSH Kosmik kuchlarining vazifasi nima?
 
AQSH Kosmik kuchlari 2019 yilda tashkil etilgan va mamlakat Qurolli kuchlari tarkibidagi oltinchi mustaqil tuzilma bo‘lib, unga dastlab havo kuchlari zimmasiga yuklangan vazifalar yuklangan, deya eslatadi jurnalistlar. USSF'ning asosiy vazifalari AQSHning koinotdagi manfaatlarini rejalashtirish va himoya qilish, shuningdek, ehtimoliy tahdidlarga e’tibor qaratgan holda barcha bo‘linmalarni jihozlashdir.
 
Idora xodimlarining vazifalari raketalarni uchirish, sun’iy yo‘ldoshlar, yerdagi aloqa va sensor uskunalarini boshqarishni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda AQSH kosmik kuchlarining harbiy xizmatchilari soni 16 mingga yaqin kishini tashkil etadi.
 
AQSH, Xitoy va Rossiya — BMTning Koinotdan tinch maqsadlarda, jumladan, ilmiy faoliyat uchun foydalanish bo‘yicha qo‘mitasi a’zolari. Har uchala davlat ham koinotda muhim harbiy resurslarga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Rossiya va Xitoydan kelayotgan tahdidlarni kuzatish uchun koinotga josus sun’iy yo‘ldoshlarini uchiradi
ePN