Afg‘onistonda hijobga rioya qilmagan homilador ayolni o‘g‘li pichoqladi

Afg‘onistonda hijobga rioya qilmagan homilador ayolni o‘g‘li pichoqladi
Afg‘onistonda hijobga rioya qilmagan homilador ayolni o‘g‘li pichoqladi
Foto: Getty Images
Afg‘onistonning Hirot viloyatida homilador ayol o‘g‘li tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, ayol do‘konga xarid qilish uchun chiqqan, “Tolibon” harakati vakillari uni hijobga rioya qilmaganlikda ayblagan. Shundan so‘ng, ular ayolni uyining eshigi oldiga kelib, eri va o‘g‘lini chaqirib, ayol hijobga rioya qilmaganini aytgan.
 
“Tolibon” rasmiylarining muzokaralaridan so‘ng ayolning o‘g‘li uni 75 yoshli erining ko‘z o‘ngida pichoqlab o‘ldirgan.
 
Manbalarga ko‘ra, ayol 26 yoshlarda bo‘lgan va qornida to‘qqiz oylik chaqalog‘i bilan o‘gay o‘g‘li tomonidan shafqatsizlarcha pichoqlangan. Holat yuzasidan ayolning eri “Tolibon” tomonidan hibsga olingan, biroq uning o‘g‘li qochib ketgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar