21:10 / 19.06.2023
353

Belarusda pedofillarni kimyoviy kastratsiya qilish joriy etilishi mumkin

Belarusda pedofillarni kimyoviy kastratsiya qilish joriy etilishi mumkin

Belarus pedofillarni majburiy davolash va kimyoviy kastratsiya qilishni joriy etmoqchi. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakat Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar tayyorlandi, bu o‘zgarishlarda jinoyat uchun jazo bilan bir qatorda sud hukmi bo‘yicha pedofillarni majburiy davolash ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, pedofiliyani davolash algoritmi, shu jumladan, kimyoviy kastratsiyani qo‘llashni o‘z ichiga olgan klinik protokol tasdiqlangan.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Bosh prokuraturaning ushbu tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

Hozirda mamlakatning amaldagi qonunlariga ko‘ra, pedofiliya uchun 4 yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarusda pedofillarni kimyoviy kastratsiya qilish joriy etilishi mumkin
ePN