Braziliyada parvoz vaqtida yo‘lovchi samolyotining lyuki ochilib ketdi. Qayd etilishicha, hodisa Bandeirante EMB-110 layneri havoga ko‘tarilganidan yarim soat o‘tib sodir bo‘lgan.
Voqea sodir bo‘lgan vaqtda salonda 12 kishi bo‘lgan, ularning barchasi mahalliy San-Luis shahridan kelgan musiqachilar ekani aytilmoqda.
Uchuvchi mazkur hodisa tufayli aeroportga qaytishga qaror qilgan va samolyotni muvaffaqiyatli qo‘ndirgan. Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
Musiqiy guruh prodyuseri Renato Butikaning aytishicha, u samolyotning lyuki yonida o‘tirgan va voqeani videoga olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar dastlab qo‘rquvdan baqira boshlagan, keyin esa tinchlanishgan, deb xabar beradi Amerikaning ABC telekanali.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar