Xitoy sharqidagi kuchli shamol 78 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Rahbariyat ma’lumotlariga qaraganda 200 nafar inson qattiq jarohat olgan va hozirda juda og‘ir ahvolda. Qidiruv-qutqaruv ishlari xali tugagani yo‘q, shu tufayli rahbariyat qurbonlar soni ortishidan havotirda. Aholi yashash joylarida elektr uzatish tizimi butunlay ishdan chiqqan.
Bo‘ron Szyansu provinsiyasiga bugun kunning ikkinchi yarmida kuchli jala bilan birga yopirilgan. Guvohlarning aytishicha kuchli shamol avtomobillarn ag‘darib tashlagan, daraxt va uy tomlarini qo‘porib yuborgan. Rahbariyat tomonidan zarar ko‘rgan hududlarga insonparvarlik yordami jo‘natgan. Jo‘natilgan narsalar ichida 1000 ta yig‘ma chodir va 2000 ta krovat bor.
China Daily gazetasining elektron nusxasida chop etilgan xabarda bo‘ron ikkita zavodni vayron qilgani aytiladi. Nashriyot zavodlarda "havfli kimyoviy moddalar" saqlanishi va bo‘ron tufayli bu moddalar sizib chiqishi mumkinligini ta’kidlagan.
Kak soobщila elektronnaya versiya gazetы China Daily, uragan takje razrushil dva zavoda.
Meteorologiya ma’lumotlariga asosan shamol tezligi ayrim hududlarda sekundiga 35 metrgacha etadi. 1966 yilgi bo‘rondan Yanchendagi bu yilgi bo‘ron kuchliroq bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing