Xerson viloyatidagi Antonovskiy ko‘prigi yaqinidagi ukrainalik harbiylar to‘plangan joyiga “Iskandar” raketalari bilan berilgan zarbalar Ukraina Qurolli kuchlarining jiddiy zaifligini ko‘rsatdi, deb yozadi Amerikaning "Military Watch Magazine" portali.
"Iskander-M"dan foydalanish ushbu ko‘prik ustidan nazorat muhimligidan dalolat beradi. Yo‘q qilingan 30 nafar askar alohida nishon bo‘lgan", - deb yozilgan maqolada.
Mualliflar Mudofaa vazirligi hisobotiga tayanib, “Iskandarlar” aprel oyida rossiyalik harbiylarni qiynoqlarga solishda qatnashgan “Gruziya legioni” yollanma askarlarini yo‘q qilish uchun foydalanilganini esga oldi.
Kuni kecha vazirlik Xerson viloyatidagi Antonovskiy ko‘prigi hududi yaqiniga qo‘ngan ukrainalik harbiylarning yo‘q qilingani haqida xabar bergandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!