08:49 / 16.07.2023
292

Gonkong hukumati chekuvchilar bilan kurashishning g‘alati usulini taklif qildi

Gonkong hukumati chekuvchilar bilan kurashishning g‘alati usulini taklif qildi

Chekishga qarshi yangi chora-tadbirlarga tayyorlanayotgan Gonkong sog‘liqni saqlash vaziri Lo Chung Mau aholiga taqiqlangan joylarda chekuvchilarga qarshi kurashga qo‘shilishning noodatiy usulini taklif qildi, deb yozdi BBC.

Amaldagi qoidalar restoranlarda, ish joylarida, yopiq jamoat joylarida va ba’zi ochiq jamoat joylarida chekishni taqiqlaydi. Ammo fuqarolar taqiqqa qaramay, hamma joyda chekishda davom etmoqda va politsiya ularning barchasini nazorat qila olmayapti. Shu sababli rasmiylar jamoatchilikning chekishga qarshi kurashdagi rolini oshirishni taklif qildi.

Lo Chung Mau ta’kidlaganidek, “jamiyatda madaniyat odamlar qonunga bo‘ysunishga tayyor bo‘lishi uchun kerak”.

“Odamlarni navbatga turishga majbur qiladigan qonun yo‘q, shunday bo‘lsa-da, barcha bunga amal qiladi. Bizning jamiyatimiz shunday madaniyatni yaratishga qodirki, odamlar bu qoidalarga amal qiladilar — masalan, avtobus kutayotganda navbatga turishadi. Umid qilamanki, jamiyat chekmaslik madaniyatini shakllantirishga ham qodir”,  — deydi u.

Vazir fuqarolarga qoidabuzarlarni ko‘rganda, ularga diqqat bilan qarashni va bu bilan ularning harakatidan norozi ekanliklarini bildirib qo‘yishni taklif qildi.

“Jamiyat vakillari chekish taqiqlangan joylarda chekayotgan odamlarni ko‘rganlarida, huquq-tartibot idoralari xodimlari kelishini kutmasdan chora ko‘rishlari kerak: ular chekuvchilarga ularning harakatini qoralash ma’nosida tikilib qarab turishsa kifoya”, — dedi Gonkong sog‘liqni saqlash vaziri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gonkong hukumati chekuvchilar bilan kurashishning g‘alati usulini taklif qildi
ePN